
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor D'yokeresh manziliga yo'llanayotgan tanqidlarni asossiz, deb hisoblaydi. Shvetsiyalik futbolchi «kanonirlar»ning «Vulverhempton»ga qarshi o'yinida (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq darvoza tomon atigi bir marta zarba berdi.
81-daqiqada 27 yoshli forvard Gabriel Jezusga almashtirildi. Arteta TNT Sports bilan suhbatda D'yokeresh ko'p bor xavfli nuqtalarga chiqib borgani, ammo jarima maydoniga to'p yetkazish tezligi va keskinligi yetarli bo'lmaganini ta'kidladi.
Murabbiy, shuningdek, hujumchining mehnatsevarligi va intensivligi yaxshi bo'lganini qo'shimcha qildi. D'yokeresh ketma-ket beshinchi uchrashuvda gol ura olmadi.
Lissabonning «Sporting» klubidagi sobiq yetakchi futbolchining so'nggi goli 1 noyabr sanasiga to'g'ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.