
«Yuventus»ning o'ng qanot himoyachisi Joau Mariu qishki transfer oynasida klubni tark etish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. «Byankoneri» portugaliyalik futbolchini atigi yarim yil avval safiga qo'shgandi, biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti unga tayanmoqchi emas.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 25 yoshli qanot himoyachisi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi va shu sabab yanvar oyidayoq boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Joau Mariu joriy mavsumda 11 uchrashuvda maydonga tushib, bir golga uzatma muallifi bo'lgan.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, sobiq «Portu» futbolchisining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi. Uning «Yuventus» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.