Yuventus ustozi Luchano Spalletti transfer rejalarini maʼlum qildi

1 daqiqa o'qish151
Yuventus ustozi Luchano Spalletti transfer rejalarini maʼlum qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Luchano Spalletti o'rtoqlik o'yinlaridan keyin Yuventusning transfer bozoridagi dastlabki rejalari o'zgarmaganini bildirdi.
  • U Palermo va uning ustozi Filippo Inzaghi haqida iliq fikr bildirib, A Seriya tajribasiga ega futbolchilar jamlangan raqibga qarshi o'yin oson bo'lmasligini ta'kidladi.
  • Charchoq alomatlari sabab Gatti uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamaydi, biroq bahs davomida 20 yoki 30 daqiqa maydonga tushishi mumkin.

Yuventus bosh murabbiyi Luchano Spalletti Avstraliyaning Pert shahrida Palermo jamoasiga qarshi oʻtkaziladigan oʻrtoqlik uchratuvi oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Goal.com xabar berishicha, mutaxassis boʻlajak raqib, tarkibdagi jismoniy holatlar hamda yozgi transfer bozori haqidagi savollarga javob berdi. Ushbu uchrashuv Turin klubi uchun mavsumoldi tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Palermo va Filippo Inzaghi haqida

Spalletti boʻlajak raqib va uning ustozi Filippo Inzaghi haqida iliq fikrlar bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Inzaghi oʻtmishda qanday ajoyib futbolchi boʻlgan boʻlsa, kelajakda ham shunday yuqori darajadagi murabbiyga aylanadi. Palermo oʻz tarkibida A Seriya tajribasiga ega boʻlgan koʻplab futbolchilarni jamlagani bois, turinliklar uchun oson oʻyin kutib turgani yoʻq.

Jamoa himoyachisi Gatti bu safar asosiy tarkibda maydonga tushmasligi maʼlum qilindi. Unga biroz charchoq alomatlari taʼsir qilgani bois, murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslikka qaror qildi. Shunga qaramay, Gatti bahs davomida 20 yoki 30 daqiqa harakat qilishi ehtimoli bor.

Transfer bozori va tarkibdagi rejalashtirilgan oʻzgarishlar

Klubning transfer siyosatiga toʻxtalib oʻtar ekan, Luchano Spalletti oʻrtoqlik oʻyinlaridan keyin ham klubning dastlabki rejalari oʻzgarmaganini taʼkidladi. Murabbiyning aytishicha, rahbariyat oʻz yoʻlidan ogʻishmagan holda oldinga qadam tashlamoqda va transfer bozoridagi gʻoyalar avvalgidek qolgan.

Darvozabonlar borasidagi rotatsiya

Darvozabonlar chizigʻidagi raqobatga ham aniqlik kiritildi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, Di Gregorio Chelsi bilan oʻyinda bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi, biroq ikkinchi golda omadsizlikka uchradi. Rejaga muvofiq, Palermo qarshisidagi bahsda Perin maydonga tushadi. Avvalroq darvozabonlar Chelsi bilan bahsda bittadan boʻlim harakat qilgandi, shuningdek, Di Gregorio Interga qarshi 90 daqiqa oʻynagan boʻlsa, navbat Periniga keldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?