
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Osasuna” ustidan 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng markaziy himoyachi Pau Kubarsining o'yinini alohida e'tirof etdi. 18 yoshli futbolchi uchrashuvda 75-daqiqagacha maydonda harakat qildi va jamoasiga darvozani daxlsiz saqlab qolishda yordam berdi.
“Menimcha, Kubarsi fantastik darajada. Bu uning uchinchi mavsumi va u nihoyatda yaxshi o'ynamoqda”, — dedi Flik matbuot anjumanida.
Pau Kubarsi joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 19 ta o'yinda maydonga tushdi. Yosh markaziy himoyachining La Ligadagi debyuti 2024 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan.
17 turdan so'ng 43 ochko jamg'argan “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.