Xavi Yamalning Messiga o‘xshash va farqli jihatlarini aytdi

1 daqiqa o'qish341
Xavi Yamalning Messiga o‘xshash va farqli jihatlarini aytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Lamin Yamalni Lionel Messi bilan solishtirishlar ortiqcha bosim tug‘dirishi mumkinligini, biroq yosh futbolchida kuchli xarakter borligini aytdi.
  • Mutaxassisning fikricha, har ikki o‘yinchi chapaqayligi va o‘ng qanotda harakat qilishi bilan o‘xshash bo‘lsa, farqli jihati sifatida Lamin ko‘proq driblingga tayanishi, Messi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza tomon harakat qilishi bilan ajralib turishini ta’kidladi.

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Lamin Yamalni Lionel Messi bilan solishtirishlar haqida gapirdi.

Xaviga ko‘ra, bunday taqqoslashlar ma’lum ma’noda tushunarli. Chunki Yamal ham chapaqay, o‘ng qanotda harakat qiladi, markazga kirib o‘ynaydi, vaziyat yaratadi va hal qiluvchi uzatma bera oladi.

Shu bilan birga, Xavi yosh futbolchini barcha davrlarning eng buyuk o‘yinchilaridan biri bilan solishtirish unga ortiqcha bosim yuklashini aytdi.

«Biz yigitchaga bunday solishtirishlar orqali yaxshilik qilmayapmiz. Bu unga bosim beradi. Lekin, menimcha, u bundan bezovta emas. U to‘pni istaydi, futbol o‘ynashni xohlaydi va o‘yindan zavq oladi», dedi Xavi.

Uning fikricha, Yamalda kuchli xarakter bor. Xavi buni futbolchining maydonda o‘zini erkin tutishi va mas’uliyatdan qochmasligi bilan izohladi.

Sobiq murabbiy Messi Lamin uchun yo‘lboshchi ekanini ham ta’kidladi. U Messi Yamal haqida ijobiy fikr bildirganini yosh futbolchi uchun katta rag‘bat sifatida baholadi.

Xavi ikki futbolchi o‘rtasida farqlar ham borligini aytdi. Uningcha, Lamin ko‘proq driblingga tayanadi, Messi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza tomon harakat qilishi bilan ajralib turgan.

Biroq Xavi ularni xarakter jihatidan o‘xshatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Messi ham, Yamal ham o‘zining boshqalardan farqli ekanini his qiladi. Bu esa katta futbolchi bo‘lish uchun muhim jihatlardan biri.

Xavi Lamin Yamal «Barselona» akademiyasida Pau Kubarsi, Mark Bernal, Alexandro Balde va Gavi kabi futbolchilar bilan birga o‘sganini ham esladi. Uning aytishicha, jamoadoshlari ham Yamalning alohida iste’dod ekanini yaxshi biladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?