date

Selta imkoniyatlardan unumli foydalanib, Atletikni mag'lub etdi


La Liga 16-turi uchrashuvida “Selta” o'z maydonida “Atletik”ni 2:0 hisobida yengdi. Mezbonlar asosan mudofaada harakat qildi, biroq darvozaga yo'llagan atigi uch zarbaning ikkitasi golga aylandi.

Birinchi bo'lim sust kechganidan so'ng, tanaffusdan keyin “Selta” tezda natijani o'zgartirdi. 48-daqiqada Xavi Ruedaning qanotdan uzatmasini Villiot Svedberg aniq bosh zarbasi bilan yakunladi — 1:0.

Oradan sakkiz daqiqa o'tib, mehmonlar himoyachisi Daniyel Vivian qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va vaziyatdan foydalangan Jons El-Abdellaui darvozabon ustidan oshirib tepib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. “Atletik” tez orada penaltidan gol urish imkoniga ega bo'ldi, ammo Niko Uilyams 11 metrlik zarbada darvozabonni aldab o'ta olmadi.

Mehmonlar yana bir vaziyatda ham omadga kulib boqmadi: Urko Iseta yo'llagan zarba ustunga tegdi. Ushbu g'alabadan so'ng “Selta” turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi.

“Atletik” esa undan bir ochko oldinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Selta imkoniyatlardan unumli foydalanib, Atletikni mag'lub etdi