
“Inter” klubiga egalik qiluvchi Suning kompaniyasi jamoaga bosh murabbiy Antonio Konteni taklif qilmoqchi.
Bu haqida Football Italia nashri xabar tarqatdi.
Manbada aytilishicha, 47 yoshli mutaxassisga yiliga 15 million evro maosh ko‘zda tutilgan to‘rt yillik shartnoma taklif etiladi va transferlarga 400 million ajratiladi.
“Inter”ning amaldagi ustozi Stefano Pioli chempionatda qatorasiga 9ta o‘yinda g‘alabaga erishdi, biroq 51 yoshli murabbiyning kelajakdagi taqdiri so‘roq ostida turibdi.
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar