date

Bavariya Bundesligada 14-turdayoq gollar rekordini yangiladi


Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya Bundesligasining 14-turida «Mayns»ga qarshi o'yinda natijadorlik bo'yicha yangi rekord o'rnatdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Vensan Kompani jamoasida gollarga Lennart Karl hamda penaltidan aniq zarba bergan Garri Keyn mualliflik qildi. Mazkur gollar «Bavariya»ning 2025/2026 yilgi Bundesliga mavsumidagi 50 va 51-gollari bo'ldi.

14 tur yakuniga ko'ra hali hech bir jamoa bunday natijadorlikni qayd etmagan. «Mayns» bilan durang myunxenliklar uchun joriy milliy chempionatdagi bor-yo'g'i ikkinchi ochko yo'qotish bo'ldi.

Avvalroq «Bavariya» Berlinning «Union» jamoasi bilan ham durang o'ynagandi. Shunga qaramay, «Bavariya» mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Amaldagi chempion eng yaqin ta'qibchisi «Leypsig»dan 9 ochko oldinda bormoqda. Ikkala jamoa o'rtasidagi o'zaro uchrashuvda «Bavariya» 6:0 hisobida g'alaba qozongan.

Jamoaning urilgan va o'tkazib yuborilgan gollari farqi hozircha +40 ni tashkil etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Bundesligada 14-turdayoq gollar rekordini yangiladi