Valverde jarohat bilan maydonga tushish sababini aytdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde "Alaves"ga qarshi o'yindan keyin o'z holati haqida fikr bildirdi. Urugvaylik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va yakuniy hushtagacha maydonda qoldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi o'yinda jarohat bilan o'ynamoqda. "Qiyin pallada jamoaga kerak edim.
Bugun hamma juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Sardor sifatida nimadir o'xshamay qolsa, birinchi bo'lib mas'uliyatni zimmasiga olishim, tashabbusni qo'lga olishim shart", dedi Valverde.
Uning so'zlarini Ispaniya OAVlariga tayanib Gazeta.Ru keltirdi. "Real" va "Alaves" o'rtasidagi bahs "qaymoqranglilar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing