
Fransiya chempionati 16-turida PSJ safarda "Metts"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda parijliklar darvozasini rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qo'riqladi.
O'yindan keyin FotMob nashri baholariga ko'ra, Safonov PSJ futbolchilari orasida eng past ko'rsatkichni qayd etdi — 5,8 ball. Jamoa tarkibida eng yuqori baho esa ispaniyalik yarim himoyachi Fabian Ruisga berildi — 6,5.
Joriy mavsumda Safonov PSJ safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol o'tkazib yubordi. U jamoa asosiy tarkibida fransiyalik darvozabon Lyuka Shevalyen jarohat olganidan so'ng maydonga tushish imkoniga ega bo'ldi.
Ushbu g'alabadan keyin PSJ 36 ochko jamg'ardi va Liga 1 turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.