
Moskvaning "Spartak" klubini boshqargan sobiq murabbiy Paolo Vanoli "Fiorentina"dagi lavozimidan ketishi mumkin. Corriere dello Sport xabariga ko'ra, klub rahbariyati mutaxassis qo'l ostidagi natijalardan norozi.
Manbada aytilishicha, Vanoli noyabr boshida jamoaga kelganidan buyon "Fiorentina" yetti uchrashuvda bor-yo'g'i bir marta g'alaba qozongan. Shu davrda jamoa ikki o'yinda durang qayd etib, to'rt bahsda mag'lub bo'lgan.
Vanolining ehtimoliy o'rinbosarlari sifatida Juzeppe Yakini va Davide Ballardini nomzodlari ko'rib chiqilayotgani ta'kidlanmoqda. "Fiorentina" A Seriyaning 15 turidan so'ng 6 ochko bilan turnir jadvalining eng quyi pog'onasida bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.