Manuel Noyer 2025 yil boshida “Bavariya”ga yordam bera olmaydi

Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jarohat sabab 2025 yilning ilk haftalarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14 dekabr kuni “Maynts”ga qarshi o‘tgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng Noyer o‘ng oyog‘ining son qismida noqulaylik sezgan. Tibbiy ko‘rikdan keyin unda mushak tolalarining qisman uzilishi aniqlangan.
Taxminlarga ko‘ra, 39 yoshli darvozabon Bundesligadagi qishki tanaffusdan so‘ng, 11 yanvar kuni “Volfsburg”ga qarshi uchrashuvga kelib safga qaytishi mumkin. Joriy mavsumda Noyer barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing