Rui Koshta Italiya va u yerdagi do'stlarini sog'inishini aytdi

Portugaliyalik sobiq futbolchi, hozirda Lissabonning «Benfika» klubi prezidenti bo'lgan Rui Koshta Italiyani juda sog'inishini tan oldi. U futbolchilik faoliyatining katta qismini aynan Italiyada o‘tkazgan: avval «Fiorentina», keyin esa «Milan» safida to‘p surgan.
«Afsuski, «Benfika» kabi klub prezidenti sifatida boshqa narsalarga vaqtim juda kam. Men ham Florensiyani, ham Milanni juda sog'inaman.
Italiyada ko‘plab do‘stlarim bor, u yerga borganimda esa har safar hammaning holidan xabar olishga ulgurmayman. Bu og‘riqli», — deya Koshtaning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya chempionatining 14-turidan so‘ng «Benfika» turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Afsuski, «Benfika» kabi klub prezidenti sifatida boshqa narsalarga vaqtim juda kam. Men ham Florensiyani, ham Milanni juda sog'inaman.
Italiyada ko‘plab do‘stlarim bor, u yerga borganimda esa har safar hammaning holidan xabar olishga ulgurmayman. Bu og‘riqli», — deya Koshtaning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya chempionatining 14-turidan so‘ng «Benfika» turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…