
Daily Express xabariga ko'ra, «Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareska bilan bog'liq vaziyatdan so'ng murabbiylar shtabida o'zgarish qilish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. Manbada aytilishicha, Mareskaning klubdagi «eng yomon 48 soat» haqidagi izohi e'tiborni tortgan va rahbariyat ehtimoliy nomzodlar bo'yicha qisqa ro'yxat tuzgan.
Qisqa ro'yxatga Erik ten Hag, Zinedin Zidan, Garet Sautgeyt, Liam Rozenyor, Frenk Lempard hamda Brendan Rodjers kiritilgan. Ayni paytda «Chelsi» Angliya Premyer-ligasida turnir jadvalining 4-pog'onasida bormoqda.
Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 8 ochko ortda. «Chelsi»ning navbatdagi uchrashuvi 16 dekabr kuni Liga kubogi doirasida «Kardiff Siti»ga qarshi o'tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.