Luis Figu JCh-2026 g'olibligi uchun asosiy da'vogarlarni aytdi

Portugaliyalik sobiq futbolchi Luis Figu 2026 yilgi jahon chempionatida chempionlik uchun kurashishi mumkin bo'lgan terma jamoalar haqida fikr bildirdi. Figu fikricha, Ispaniya chempionlikka eng kuchli nomzodlardan biri.
U, shuningdek, Braziliya, Argentina, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalarining imkoniyatlariga ishonishini ta'kidladi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi boshida Vashington shahrida bo'lajak mundialning guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazilgan. Jahon chempionati 2026 yil yozida Shimoliy Amerikaning uch davlati — AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing