
Rossiyalik yarim himoyachi, hozirda "Monako" safida to'p surayotgan Aleksandr Golovin sobiq jamoadoshi, hozir Madridning "Real" klubida o'ynayotgan Aurelien Tchuameni haqida fikr bildirdi. Golovinning aytishicha, u Tchuamenini avval ham yoqtirmagan va hozir ham uning o'yini unga ma'qul emas.
"Tchuameni menga hech qachon yoqmagan va hanuz yoqmaydi. U 20 metrga pas bera olmasdi, "Real"da ham xuddi shunday pas bermayapti", dedi Golovin Fonbet YouTube kanalida.
25 yoshli fransiyalik tayanch yarim himoyachi 2022 yil yozida "Real"ga ko'chib o'tgan. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Futbolchining transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Tchuameni 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.