date

Paolo Vanoli sukut e'lon qildi, iste'fosi muhokamada


A Seriyaning 15-turida «Fiorentina» yana mag'lub bo'ldi. Paolo Vanoli boshqaruvidagi jamoa qo'shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 1:2 hisobida yutqazdi.

«Fiorentina» joriy mavsumda hanuz g'alaba nimaligini bilmayapti. Uchrashuvdan so‘ng «binafshalar» bosh murabbiyi sukut saqlashini ma'lum qildi: futbolchilarga matbuot bilan muloqot qilish taqiqlandi, Vanolining o‘zi ham izoh berishdan bosh tortdi.

Italiya ommaviy axborot vositalari esa mutaxassisning yaqin orada iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida yozmoqda. Keyingi turda «Fiorentina» A Seriya doirasida o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Paolo Vanoli sukut e'lon qildi, iste'fosi muhokamada