
Moskvaning «Spartak» klubi sobiq darvozaboni Aleksey Prudnikov «PSJ» posboni Matvey Safonov hamda parijliklar himoyachisi Ilya Zabarnyy o'rtasida go'yoki kelishmovchilik borligi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Prudnikovning ta'kidlashicha, bu kabi mish-mishlar real asosga ega emas va media makonida sun'iy ravishda bo'rttirilmoqda.
U professional futbolda futbolchilar millatiga qarab ajratilmasligini, jamoa a'zolari har kuni birga mashg'ulot o'tkazib, maydonga tushishini, bunday jihatlarga ortiqcha urg'u berilmasligini qayd etdi. «Zabarnyy bilan bo'lishi mumkin bo'lgan mojaro — bularning hammasi uydirma.
Jurnalistlarga shov-shuv kerak, olovga moy sepib, nashrlarini ilgari surishadi. Sportda kim bilan o'ynashingning farqi yo'q.
Safonov bilan Zabarnyy bir jamoada-ku, axir. Ularning munosabati normal, ular birga o'ynashyapti», — deya Prudnikovning so'zlarini «Sovetskiy sport» nashri keltiradi.
Joriy mavsumda Safonov «PSJ» safida 3 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol o'tkazib yubordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.