date

Milan qishda Mayk Menyanni qo'yib yubormaydi


Fransiyalik darvozabon Mayk Menyan qishki transferlar oynasida «Milan»ni tark etmaydi. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Milan» joriy qishda taklif tushgan taqdirda ham Menyanni qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, «rossoneri» futbolchining shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni bahorgacha cho'zib yubormoqchi emas: klub Menyandan yakuniy javobni fevral oyi oxirigacha olishni istaydi.

Menyan 2021 yildan beri «Milan» safida to'p suradi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 14 gol o'tkazib yubordi va 8 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi.

30 yoshli darvozabonning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari fransuz futbolchisini 25 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan qishda Mayk Menyanni qo'yib yubormaydi