date

Fiorentina A Seriyada 15 o'yindan beri g'alaba qozonmayapti


A Seriyaning 15-turida "Fiorentina" navbatdagi omadsizlikka uchradi: jamoa o'z maydonida turnir jadvalining quyi qismida joylashgan raqibi "Verona"ga mag'lub bo'ldi. Natijada Paolo Vanoli boshqaruvidagi klub joriy mavsumda hanuz g'alaba nimaligini bilmagan yagona jamoa bo'lib qolmoqda.

"Fiorentina"ning g'alabasiz seriyasi 15 o'yinga yetdi va bu klub tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz davrlardan biri hisoblanadi. So'nggi bor shunga o'xshash holat 1970-yillarning boshida kuzatilgan: 1970 yil dekabridan 1971 yil apreliga qadar jamoa ketma-ket 17 uchrashuvda yuta olmagan.

Undan ham avval, Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrda — 1937 yil noyabridan 1938 yil apreliga qadar — "Fiorentina" 21 o'yin davomida g'alaba qozona olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fiorentina A Seriyada 15 o'yindan beri g'alaba qozonmayapti