Karim Adeyemi sevgilisi sabab Dortmunddan ketishi mumkin

Karim Adeyemi sevgilisi sabab Dortmunddan ketishi mumkin
Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Karim Adeyemi jamoasini tark etishi mumkin. Bild nashrining yozishicha, bunga futbolchining sevgilisi, taniqli rep ijrochisi Loredana Cefi bilan bog'liq holat sabab bo'lmoqda.

Manbaga ko'ra, Loredana sanoat shahri bo'lgan Dortmundda yashashdan zerikkan va kelajakda Adeyemidan klubini o'zgartirishni so'ragan. U katta Yevropa shahrida yashashni istamoqda.

Qayd etilishicha, Adeyemi allaqachon yangi klub topish maqsadida agentini ham almashtirgan. O'tgan noyabr oyida futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha uchta klub nomi tilga olingan.

Adeyemi joriy mavsumda 23 yoshida “Borussiya” safida 6 ta gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar