date

PSJ Mbappe ishi bo'yicha sud qaroriga munosabat bildirdi


PSJ Kilian Mbappe bilan bog'liq mehnat nizosi yuzasidan Parij sudining qaroridan so'ng rasmiy bayonot e'lon qildi. Klub bayonotida PSJ sud hukmini qabul qilishi va uni bajarishi ta'kidlangan.

Shu bilan birga, parijliklar qaror ustidan shikoyat qilish huquqini o'zida saqlab qolishini ma'lum qildi. Klub vakillari PSJ doimo qonun doirasida va to'g'ri yo'l tutganini, kelgusida ham ayni tamoyillarga sodiq qolishini qayd etdi.

Bayonotda, shuningdek, PSJ endi birlik va jamoaviy yutuqlarga tayanadigan kelajakka e'tibor qaratishi, futbolchining esa keyingi faoliyatida omad tilashi bildirildi. Avvalroq tomonlar talablari keskin farq qilgani xabar qilingandi: Mbappe 250 million yevrodan ortiq mablag' to'lanishini talab qilgan, PSJ esa futbolchiga nisbatan qarshi moliyaviy da'volarni ilgari surgan.

Sud yakuniy qaror chiqardi: PSJ Mbappega 60 million yevrodan ortiq mablag' to'lashi shart.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Mbappe ishi bo'yicha sud qaroriga munosabat bildirdi