
Moskvaning “Dinamo” va “Zenit” klublarida o‘ynagan sobiq yarim himoyachi Igor Semshov 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘yicha ovoz berish natijalariga munosabat bildirdi. FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini “PSJ” hujumchisi Usmon Dembellega nasib etdi.
“Murabbiylar va sardorlar Dembeleni eng yaxshi deb tanlagan bo‘lsa, demak shunday. U “PSJ” bilan imkon qadar hamma narsani yutdi, biroq mening nazarimda Rafinya ham mukofotga munosib edi”, — dedi Semshov “Match TV” efirida.
Uning ta’kidlashicha, yakuniy natijaga 2024/2025 yilgi mavsumda fransuz klubi “Barselona”ga qaraganda ancha ko‘proq sovrin yutgani ham ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
“PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma esa eng yaxshi darvozabon sovrinini qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.