
FIFA The Best sovrini bo'yicha ovoz berish natijalarini e'lon qildi. 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritdi.
Madrid Xtra xabariga ko'ra, so'rovnomada Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qatnashgan Karlo Anchelottining shaxsiy reytingida ham Dembele birinchi o'rinni egalladi. Italiyalik mutaxassis ikkinchi pog'onaga braziliyalik Rafinya Diasni joylashtirdi, u bilan Madridning Real klubida birga ishlagan Kilian Mbappeni esa uchinchi o'ringa qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti joriy yil iyun oyida Realni tark etib, Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qabul qilgan. U “qirollik klubi”da to'rt yil davomida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.