PSJ Ibrohim Mbaye bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi

Pari Sen-Jermen Ibrohim Mbaye shartnomasida ko'zda tutilgan uzaytirish bandini ishga tushirdi. 17 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv aslida 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan edi, biroq klub uni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.
Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi. Yosh vinger PSJning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi.
Joriy mavsumda bosh murabbiy Luis Enrike uni 8 marta asosiy tarkibda maydonga tushirgan, yana 10 holatda Mbaye zaxiradan o'yinga qo'shilgan. Transfermarkt portali 25 million yevroga baholayotgan Mbaye PSJ safida 2 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, u Senegal terma jamoasi safida o‘tkazgan ikki uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing