
FIFAning Qit'alararo kubogi hal qiluvchi uchrashuvida Fransiyaning PSJ jamoasi Braziliyaning “Flamengo” klubiga qarshi maydonga tushadi. Manbaga ko'ra, jamoalarning taxminiy boshlang'ich tarkiblari quyidagicha.
PSJ: Shevalye (darvozabon), Nunu Mendesh, Pacho, Markinyos, Zair-Emeri, Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis, Kvaratsxeliya, Dye, Barkola. “Flamengo”: Rossi (darvozabon), Sandro, Pereyra, Danilo, Varela, Jorjinyo, Pulgar, Lino, de Arraskaeta, Karraskal, Enrike.
Asosiy intriga — Matvey Safonov PSJ darvozasini o'yinni ilk daqiqalardan boshlab qo'riqlaydimi yo'qmi. Taxminlarga ko'ra, bu safar u startda bo'lmasligi mumkin.
Sababi, u Fransiya chempionatidagi avvalgi bahsda autsayder “Metz”dan ikki gol o'tkazib yuborgan. Shunga qaramay, “Flamengo” safida Rossiya Premyer-ligasi tajribasiga ega ikki futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Bular — Moskvadagi “Dinamo”ning sobiq futbolchisi Gilermo Varela hamda avval “Dinamo” va SSKA safida to'p surgan Xorxe Karraskal. PSJ va “Flamengo” bugun, 17-dekabr kuni betaraf maydonda o'zaro kuch sinashadi.
Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.