AQSHda 1978 yildan beri qizamiqdan ilk bor bola vafot etdi

1 daqiqa o'qish4
AQSHda 1978 yildan beri qizamiqdan ilk bor bola vafot etdi

AQSHning Virjiniya shtatida qizamiq bilan bog‘liq holatda 5 yoshga to‘lmagan bola vafot etdi. Bu shtatda 1978 yildan beri mazkur kasallik bilan bog‘liq qayd etilgan ilk o‘lim holati hisoblanadi.

Bu haqda Virjiniya shtati Sog‘liqni saqlash departamenti 20 noyabr kuni ma’lum qildi.

Idoraning rasmiy axborotiga ko‘ra, qizamiqqa topshirilgan tahlili musbat chiqqan 0–4 yoshli bola vafot etgan. Oilaning shaxsiy hayotini himoya qilish maqsadida marhumning aniq yoshi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Fojia shtatda qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘paygan bir paytda yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 19 noyabr holatiga Virjiniyada 2026 yil boshidan buyon 220 ta qizamiq holati qayd etilgan. Bu 1988 yildan beri shtatdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Qayd etilgan holatlarning 179 tasi emlanmagan shaxslarga to‘g‘ri kelgan, 39 kishining emlanish holati noma’lum bo‘lgan. Faqat ikki nafar bemor qizamiqqa qarshi emlangan.

Mutaxassislar qizamiqning oldini olishda emlash eng samarali himoya vositasi ekanini ta’kidlamoqda. Virjiniya Sog‘liqni saqlash departamenti ham aholini kasallikka qarshi emlanish holatini tekshirishga va zarur bo‘lsa, tibbiy mutaxassislarga murojaat qilishga chaqirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?