Unai Simon 2025 yilning eng yaxshi murabbiyini tanladi

Unai Simon 2025 yilning eng yaxshi murabbiyini tanladi
Bilbao “Atletik” klubi va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbol murabbiylari uchligini e'lon qildi. Avvalroq Qatarda FIFA The Best mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Simon reytingida birinchi o'ringa Fransiyaning “PSJ” klubini boshqarayotgan hamyurti Luis Enrikeni qo'ydi. Ikkinchi pog'onani Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta egalladi.

Kuchli uchlikni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yakunlab berdi. Eslatib o'tamiz, FIFA The Best mukofoti aynan Luis Enrikega nasib etdi.

O'tgan mavsumda ispaniyalik mutaxassis “PSJ” bilan Fransiya 1-ligasi, UEFA Chempionlar ligasi, shuningdek, Fransiya Kubogi va Superkubogida g'olib bo'ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar