
Manchester Yunayted va Tottenhem Kyoln futbolchisi Said El-Malaga transfer bo'yicha murojaat qildi. Bu haqda Germaniyaning Sport Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Germaniya yoshlar terma jamoasida o'ynagan 19 yoshli futbolchini xarid qilishga ikki klub ham qiziqish bildirmoqda. El-Mala uchun 30–40 million yevro atrofida mablag' to'lanishi mumkin.
Futbolchining transferi yozgi transfer oynasidan oldin amalga oshishi ehtimoli past. O'tgan transfer oynasida Brayon futbolchini 15 million yevro evaziga tarkibiga qo'shishga uringan.
O'shanda uning bozor qiymati atigi 3 million yevro deb baholangan bo'lsa, hozir bu ko'rsatkich 18 million yevroga yetgan. Joriy mavsum Bundesligada El-Mala 14 uchrashuvda 6 gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.