
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Garri Keyn 18 ta gol urdi. Angliyalik hujumchi Bundesligadagi eng yirik yutuqlardan biri — Robert Levandovski o'rnatgan rekordni ortda qoldirish niyatida ekanini bildirdi.
Polyak futbolchi 2020/2021 yilgi mavsumda Bundesligada 41 ta gol bilan tarixiy natija qayd etgandi. Keyn Sky Germany nashriga bergan intervyusida bu ko'rsatkichga yetishish ehtimolini inkor etmadi: "Levandovskining rekordi?
O'ylaymanki, bu mumkin, ayniqsa mavsumni qanday boshlaganimni inobatga olsak. Oldinda hali uzoq yo'l bor.
Yana to'rt-besh oy davomida shu darajani saqlab qolishim kerak. Futboldagi eng qiyini — uzoq vaqt barqaror bo'lib qolish.
Bu rekord juda ajoyib, uni yangilash nihoyatda qiyin bo'lishini tushunaman. Lekin men doim o'zimga shunday ulkan maqsadlar qo'yishni yoqtiraman", — dedi hujumchi.
14 turdan so'ng "Bavariya" Bundesligada 38 ochko bilan peshqadam bormoqda: jamoa 12 marta g'alaba qozondi va 2 o'yinni durang bilan yakunladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.