
Madridning “Real” va “Saragosa” klublarida to‘p surgan, “Xetafe”da murabbiylik qilgan argentinalik mutaxassis Xuan Esnayder o‘g‘lidan ayrilgan og‘ir kunni yodga oldi. Uning aytishicha, fojia 2012 yil 25 dekabr kuni, katoliklar uchun muqaddas bo‘lgan Rojdestvo bayramida sodir bo‘lgan.
“Hayot menga shafqatsiz munosabatda bo‘ldi, garchi hozircha faqat bir marta. Men buni hech qachon kechirmayman.
Bunday voqea seni butun umrga o‘zgartirib qo‘yadi. Ammo men va turmush o‘rtog‘im bu haqda ochiq, hech narsani yashirmasdan gapirishga jur’at topdik.
Har bir Rojdestvoda uni eslaymiz”, — deya Esnayderning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Madridning “Real” klubida 1995/1996 yilgi mavsumda o‘ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.