
“Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai “Brayton”ga qarshi yaqindagi uchrashuvda jarohat oldi. Avvalroq OAVda vengriyalik futbolchi bir necha oy maydonga tusha olmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq The Athletic manbasiga ko'ra, “mersisaydliklar” uchun prognoz ancha ijobiy: tekshiruv natijalari shifokorlar xavotirini kamaytirdi va Soboslai davolanishga yaxshi javob bermoqda. Qayd etilishicha, Dominik 20-dekabr kuni Angliya Premyer-ligasida “Tottenhem”ga qarshi o'yinda maydonga tushish ehtimoliga ega.
Agar “qizillar” ehtiyot chorasi sifatida uni asrasa, Soboslai eng yaqin uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin, ammo 27-dekabr kuni “Vulverhempton”ga qarshi bahsda albatta o'ynashi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.