Nik Voltemade Bavariyaga o'tish barbod bo'lganiga izoh berdi

“Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemade “Bavariya”ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi. Myunxen klubi futbolchini o‘tgan yozda, u “Shtutgart” safida to‘p surayotgan paytda sotib olishga uringan.
Biroq klublar kelishuvga erisha olmadi. Oradan ko‘p o‘tmay “Nyukasl” ancha manfaatli taklif bilan chiqdi va “Shtutgart” bu variantni qabul qildi.
“Bavariya”ga o‘tish bo‘lmasligi ayon bo‘lganda, o‘zimga: “Xo‘p, shunday bo‘lsin”, dedim. Hayotda hech narsa bekorga yuz bermaydi, “Bavariya”ga amalga oshmagan transferim bunga yaqqol misol.
Hozir “Nyukasl”da baxtiyorman, axir bularning bari umuman bo‘lmasligi ham mumkin edi. Ortga qarab, hammasi aynan shunday kechganidan xursandman”, dedi Voltemade Sport Bild nashriga bergan intervyusida.
23 yoshli germaniyalik futbolchi “Nyukasl” safida 22 uchrashuvda 7 gol urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing