date

Marko Simone Konte va Napoli imkoniyatini past baholamaslikka chaqirdi


Italiyaning Milan klubi sobiq hujumchisi Marko Simone A Seriya amaldagi chempioni Napoli atrofida paydo bo'lgan so'nggi muammolar yuzasidan fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, bosim ostidagi Antonio Konte yanada xavfliroq bo'lishi mumkin.

Simone eslatishicha, futbol jamoatchiligi hali bir necha oy avval Kontega yuqori baho berib, uni olqishlar ostida ko'tarib yurgandi. Shunga qaramay, u Napolini erta hisobdan chiqarishga qarshi.

“Bu yerda hammasi juda tez unutiladi. Bir necha oy oldin hamma Konteni qo'lida ko'tarib yurgan edi.

Hozir ham Napoli yetakchilar safida, shuning uchun ularni hisobdan chiqarmaylik”, — deya Simone so'zlarini pianetamilan.it keltirdi. Ma'lumot uchun, Marko Simone 2006 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Keyinchalik u turli uncha mashhur bo'lmagan klublarda murabbiylik qilib ko'rdi, biroq katta muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marko Simone Konte va Napoli imkoniyatini past baholamaslikka chaqirdi