date

Aleksandr Gleb Safonovni PSJning asosiy darvozaboni deb bildi


“Barselona”ning sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb PSJ darvozaboni Matvey Safonovning “Flamengo”ga qarshi Qit'alararo kubok finalidagi o'yinini yuqori baholadi. Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida rossiyalik posbon to'rtta zarbani qaytargani qayd etildi.

Gleb bu natijani Safonov uchun katta yutuq, deb atadi va uning mahoratini alohida ta'kidladi. Sobiq yarim himoyachi fikricha, Matvey allaqachon jiddiy toifadagi darvozabon ekanini isbotlab bo'lgan.

“Bu aql bovar qilmas yutuq! Barakalla!

Safonov ajoyib darvozabon. PSJ bilan ikki yilda olti sovrin yutish — tahsinga loyiq natija”, — deya Glebning so'zlarini “Sovetskiy sport” nashri keltiradi.

Shu bilan birga, u Safonovni zaxira darvozabon sifatida ko'rish to'g'ri emasligini aytdi. Glebning ta'kidlashicha, Safonov o'z saviyasi bilan Yevropaning eng kuchli klublaridan birida birinchi raqam maqomiga to'liq mos keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gleb Safonovni PSJning asosiy darvozaboni deb bildi