Manchester Yunayted uch yarim himoyachini kuzatuvga oldi

Manchester Yunayted rahbariyati qishki transfer oynasida jamoaning yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mankunianlar yangi futbolchi sifatida uch nomzodni qisqa ro'yxatga kiritgan: Elliot Anderson (Nottingem Forest), Adam Uorton (Kristal Pelas) va Karlos Baleba (Brayton). Klub uchun ustuvor maqsad Balebani tarkibga qo'shib olish hisoblanadi.
Angliya chempionatining 16-turidan so'ng Manchester Yunayted 26 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Ruben Amorim boshqaruvidagi jamoa peshqadam Arsenalдан 10 ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing