
Ispaniya kubogi yarimfinali javob uchrashuvida "Barselona" o‘z maydonida "Atletiko" bilan durang o‘ynadi, deb yozmoqda Std.uz sayti.
Luis Suares birinchi bo‘lim oxirlarida kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin asosiy vaqti tugashisha etti daqiqa qolganida Gameyro hisobni tenglashtirdi. Ammo bu gol umumiy hisobni tenglashtira olmadi.
Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, kataloniyaliklar Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldilar. Bugun bo‘lib o‘tadigan "Alaves" - "Selta" uchrashuvida ikkinchi finalchining nomi ma’lum bo‘ladi.
Ispaniya kubogi, 1/2 final
Javob o‘yini
Barselona – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43 Suares, 1:1 – 83 Gameyro.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Denis Suares (Maskerano, 62), Serdji Roberto, Andre Gomesh, Rakitich (Inesta, 72), Turan (Buskets, 70), Messi, Suares.
Atletiko – Moyya, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin (Lyuka Ernandes, 49), Saul, Koke, Gaytan (Korrea, 48), Ferreyra Karrasko, Grizmann, Torres (Gameyro, 61).
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (19), Ferreyra Karrasko (36), Rakitich (66), Sillessen (76), Savich (76), Suares (87), Filipe Luis (90), Buskets (90).
Chetlatish: Serji Roberto (57), Ferreyra Karrasko (69), Suares (90).
Birinchi o‘yin: 2:1
8 fevral
Alaves – Selta “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar