date

Grem Suness «Manchester Yunayted» transfer siyosatini keskin tanqid qildi


Angliyaning bir qator klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan Grem Suness «Manchester Yunayted»ning transfer siyosatini tanqid qildi. Sunessning fikricha, klub Manuel Ugarte uchun katta mablag' sarflagan, Kazemiroga esa juda yuqori maosh bergan.

Mutaxassis «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisini sotib yuborganini ta'kidladi: «Ular eng yaxshisini — Skott MakTominayni sotdi. U bu ikkisidan ham kuchliroq edi.

«Napoli»ga o'tganidan keyin esa yanada o'sdi», — deya Sunessning so'zlarini The Daily Mail keltiradi. MakTominay 2024 yil yozida «qizil iblislar» safini tark etib, «Napoli»ga o'tgan.

Shundan buyon shotlandiyalik yarim himoyachi Italiya klubi safida 57 uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. APLning 16-turidan so'ng «Manchester Yunayted» turnir jadvalida 26 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Grem Suness «Manchester Yunayted» transfer siyosatini keskin tanqid qildi