Boka Xuniors Paulo Dibala transferini rejalashtirmoqda

Rimning “Roma” klubi hujumchisi Paulo Dibala Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi e’tiborida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, argentinaliklar Dibala bilan 2026 yilda shartnoma imzolashni ko‘zlamoqda. Biroq futbolchining o‘zi hozircha vatanga qaytishga uncha oshiqmayapti.
Yakuniy qarorni u mavsum tugaganidan keyin qabul qilishi kutilmoqda. Paulo Dibala 2022 yil yozidan beri “Roma” safida to‘p surib keladi.
Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Uning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakunlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing