
Bavariya darvozaboni Manuel Noyer klubdagi so'nggi mavsumini o'tkazayotgan bo'lishi mumkin. Yaqin vaqtgacha Myunxen grandining sardori shartnomasini 2027 yil o'rtalarigacha uzaytirishi deyarli aniq, degan qarash bor edi.
Biroq hozir vaziyat unchalik ravshan emas. Jurnalistlar Tobi Altshaeffl va Kristian Falk xabariga ko'ra, yangi kelishuvga erishish ehtimoli hozircha 50 foiz atrofida baholanmoqda.
Mart oyining oxirida Noyer 40 yoshga to'ladi. Shundan keyin u Bavariya rahbariyati bilan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Manbalarga ko'ra, aynan shu suhbatlargacha tajribali posbonning kelajagi bo'yicha aniq qaror chiqishi ehtimoldan yiroq. Joriy mavsumda Noyer Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa safida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 21 gol o'tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.