date

UEFA Bavariyaga Sportинг va Arsenal o'yinlari uchun jazo berdi


UEFA Chempionlar ligasida "Bavariya"ning "Sporting" va "Arsenal"ga qarshi o'yinlari yakunlari bo'yicha intizomiy choralarni e'lon qildi. Bu haqda UEFAning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

"Sporting"ga qarshi bahsda jamoa muxlislari jamoat yo'laklarini to'sib qo'ygani va pirotexnika ishlatgani uchun "Bavariya"ga quyidagi jazo choralarini qo'llandi: avval shartli bo'lgan sanksiya kuchga kirdi va Chempionlar ligasidagi navbatdagi uy uchrashuvida stadionning 111–114-sektorlar qismi yopiladi. Shuningdek, janubiy tribunaning bir yevrokubok o'yiniga yopilishi shartli tarzda belgilandi (sinov muddati ikki yil).

Jarimalar umumiy hisobda 46 ming yevroni tashkil etdi. "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda jamoat tartibini buzish, maydonga buyumlar uloqtirish hamda noqonuniy bannerlardan foydalanish holatlari qayd etilgani sababli "Bavariya"ga qo'shimcha ravishda jami 70 ming yevro jarima solindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UEFA Bavariyaga Sportинг va Arsenal o'yinlari uchun jazo berdi