
Londonning «Arsenal» klubida to'p surgan sobiq hujumchi Tyerri Anri jamoa vingeri Leandro Trossarning joriy mavsumdagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. «Trossar bu mavsum meni hayratga solyaptimi?
Ha ham, yo'q ham. Men uning nimalarga qodirligini bilaman.
Belgiyа terma jamoasida ishlagan paytimda ham buni ko'rganman. O'shanda u faqat Eden Azar sabab asosiy tarkibga kirishda qiynalardi.
U hujumlarni juda yaxshi yakunlaydi, ikki oyog'ida ham aniq zarba bera oladi. Leandro yetarlicha aqlli, shuning uchun undan nimalar talab qilinishini yaxshi tushunadi.
U «Arsenal» ko'proq hujumlarni o'ng qanot orqali, Saka o'ynaydigan tomondan qurishini biladi va uning vazifasi — uzoq ustun tomonida tez-tez ochilib turish», — deya Anrining so'zlarini ingliz OAV keltiradi. Trossar joriy mavsumdagi 18 o'yinda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.