
PSJ juma kuni jarohat olgan futbolchilari bo'yicha so'nggi ma'lumotlarni e'lon qildi. Parij klubi rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning qo'li singani haqida xabar berib, ko'pchilikni hayratda qoldirdi.
Safonovning holati uch-to'rt haftadan so'ng, ya'ni kelasi yilda yana bir bor baholanadi. Shuningdek, PSJ hujumkor yarim himoyachi Li Kan In bir necha haftaga safdan chiqqanini ma'lum qildi.
Qit'alararo kubok finalida u chap son mushagidagi jarohat sabab almashtirilgan. Bundan tashqari, klub hujumchi Bredli Barkola mushaklardagi charchoq tufayli davolanishni davom ettirayotganini qayd etdi.
Ayni paytda PSJ Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Yetakchi Lans parijliklardan bir ochko oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.