Lennart Karl Bundesligada eng katta narx o'sishini qayd etdi

Juma kuni Transfermarkt Germaniya chempionatida to'p surayotgan futbolchilarning transfer baholarini yangiladi. Bundesligada eng ko'p qimmatlashgan futbolchi Myunxenning «Bavariya» klubida harakat qiladigan hujumkor yarim himoyachi Lennart Karl bo'ldi.
17 yoshli futbolchi mavsum davomida jamoa uchun tobora muhimroq figuraga aylanib bormoqda. Bu holat uning bahosida ham aks etdi: Karlning qiymati 40 million yevroga oshirildi va endi 60 million yevroga baholanmoqda.
Natijada futbolchining bozor qiymati 200 foizga ko'tarildi. Ro'yxatda ikkinchi o'rinni «RB Leyptsig» vingeri Yan Diomande egalladi.
Uning transfer qiymati 25 million yevroga oshib, 45 million yevroga yetdi. Uchinchi pog'onani «Kyoln» futbolchisi Said El-Mala hamda «Gamburg» vakili Luka Vushkovich bo'lib oldi.
Har ikki futbolchining qiymati 22 million yevroga ko'tarilib, 40 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, Transfermarkt yangilanishida Bundesligada qiymati eng ko'p pasaygan futbolchilar sifatida Harri Keyn va Jamal Musiala qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing