
Arsenal hujumkor yarim himoyachisi Bukayo Saka yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, yangi kelishuv 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallanadi.
TEAMtalk xabar berishicha, Saka Arsenal tarixida haftasiga 300 ming funt sterling maosh oladigan ilk futbolchiga aylanadi. Bukayo Saka Arsenal akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U “kanonirlar”ning asosiy jamoasi safida 284 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol va 74 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirgan. Ayni paytda Arsenal Angliya Premyer-ligasi jadvalida peshqadam.
Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni Evertonga qarshi o'tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.