IFFHS 2025 yilning eng yaxshi U-20 futbolchisini e'lon qildi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025 yil yakunlariga ko'ra 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar reytingini e'lon qildi. Ro'yxatning birinchi pog'onasini "Barselona" vingeri Lamin Yamal egalladi.
U 233 ochko to'pladi. Ikkinchi o'rinda "PSJ" futbolchisi Dezirе Due 90 ochko bilan qayd etildi.
Kuchli uchlikni esa "Chelsi" vakili Estevao 50 ochko bilan yakunladi. Keyingi o'rinlarda Arda Gyuler (30 ochko), Pau Kubarsi (19), Kenan Yildiz (10), Uorren Zair-Emeri (7) hamda Franko Mastantuono (5) joy oldi.
Qayd etilishicha, Lamin Yamal ushbu reytingda 2024 yilda ham birinchi o'rinni egallagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing