Vulverhempton akademiyasi sobiq vakili 21 yoshida avtohalokatda vafot etdi

Vulverhempton akademiyasi sobiq vakili 21 yoshida avtohalokatda vafot etdi
Angliyada fojia yuz berdi: "Maklsfild Taun" klubi futbolchisi Itan Maklaud yo'l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Futbolchi 21 yoshda edi.

Voqea jamoasining navbatdagi uchrashuvidan so'ng sodir bo'lgan. Maklaud uyga qaytayotgan paytda rul boshqaruvida xatoga yo'l qo'ygan va bu M1 avtomagistralida, Northempton yaqinida avtohalokatga olib kelgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 22:40 atrofida ro'y bergan. Ta'kidlanishicha, Maklaud "Bedford"ga qarshi safar uchrashuviga jamoa bilan birga borgan bo'lsa-da, maydonga tushmagan, jamoa u holda o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda ham avtohalokatda portugaliyalik futbolchi Diogu Jota halok bo'lgan edi. "Liverpul"ning asosiy futbolchilaridan biri sanalgan Jota bilan bog'liq voqea Ispaniyada yuz bergan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar