
Mashhur insayder Fabritsio Romano «Bornmut» vingeri Antuan Semenyoning ehtimoliy transferi haqida ma'lumot berdi. Manbaga ko'ra, «giloslar» jamoasi yetakchisi uchun «Liverpul», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» kurash olib bormoqda.
Shuningdek, futbolchiga «Tottenhem» ham qiziqish bildirayotgani aytilgan. Romanoning qayd etishicha, 25 yoshli ganalik futbolchi yanvar oyida klubini almashtirishi kutilmoqda.
Uning shartnomasida 65 million funt sterling (taxminan 75 million yevro) miqdoridagi tovon puli bandi bor va u taxminan oyning 10-sanasigacha amal qiladi. Shu hafta «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» futbolchi bo'yicha bevosita muzokaralar o'tkazdi.
Yakuniy qaror esa Semenyoning o'ziga bog'liq. Avvalroq Semenyo uchun poygada «Liverpul» favorit sifatida ko'rilgandi, biroq noyabr oyidan beri «qizillar» bilan muzokaralar olib borilmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.