date

Luis Enrike Safonovning jarohati haqida: Buni karma desa ham bo‘ladi

Luis Enrike Safonovning jarohati haqida: Buni karma desa ham bo‘ladi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike qo‘li sinib, safdan chiqqan darvozabon Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Enrikening aytishicha, futbolchilar, ayniqsa Safonov jamoaga istalgan paytda yordam bera olishini ko‘rsatgan. U turnir va o‘yin maqomidan qat’i nazar, jamoa doimo tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Men hali Safonov bilan gaplashmadim. Buni karma desa ham bo‘ladi. Hayotda salbiy holatlardan ham ko‘p narsani o‘rganish mumkin.

U so‘nggi to‘rtta o‘yinda yirik uchrashuvlar o‘tkazdi, ammo hayot hozir dam olish, tiklanish va buni qabul qilish kerakligini aytyapti. Shunday mentalitet bilan u odatdagidan tezroq qaytdi”, dedi Enrike jurnalistlarga.

PSJ shanba kuni 2025 yilgi so‘nggi o‘yinini Fransiya kubogida “Vande Fontene”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Safonovning jarohati haqida: Buni karma desa ham bo‘ladi