date

FIFA bahsli golni Kerjakovga yozdi, qaror RFUda


FIFA 2005 yilda Rossiya va Germaniya terma jamoalari o'rtasida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida bahsli gol muallifi Aleksandr Kerjakov bo'lganini tasdiqladi. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov ma'lum qildi.

Kerjakovning o'zi FIFAdan tegishli xat olgan. Hujjatda mavjud ma'lumotlar majmuasiga ko'ra gol muallifi sifatida aynan Kerjakov qayd etilishi lozimligi ko'rsatilgan.

Shu bilan birga, FIFA statistika bo'yicha yakuniy tuzatish kiritish masalasi Rossiya futbol ittifoqi vakolatida qolishini ta'kidlagan. Agar Rossiya futbol ittifoqi FIFA xulosasini qo'llab-quvvatlasa, Rossiya terma jamoasi to'purarlari ro'yxati ham o'zgaradi.

Bunda Artyom Dzyuba yagona rekordchi maqomini yo'qotadi va uning natijasi Kerjakov ko'rsatkichi bilan tenglashadi: har birida 31 tadan gol.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA bahsli golni Kerjakovga yozdi, qaror RFUda